Loading...

Nima uchun IT mutaxassisi maqola yozishi kerak?



Texnika olami ko’pincha keng auditoriyani tushunarsiz bo’lgan turli xil atamalar bilan to’ldiradi: blockchain, machine learning, deep learning, data science, taqsimlangan tizimlar, kvant kompyuterlar, mikroservislar, noSQL, progressiv veb-ilovalar, WebAssembly va hokazo. Ro’yxatdagi barcha texnologiyalar haqida eshitgan bo’lishingiz mumkin, ammo siz ularni qanchalik yaxshi bilasiz? Yangi boshlayotganlarga ushbu atamalar konsepsiyasidan eng muhim ma’lumotlarni qoldirmasdan ikki og’iz so’z bilan tushuntirish osonmi? Agar siz haqiqiy profi bo’lmasangiz javob “Yo’q” bo’ladi.

Muammo

Texnologiyalar yorug’lik tezligida rivojlanmoqda, har bir o’tgan kun murakkab va turli xil ko’rinishlarga ega bo’lib bormoqda. Ko’pgina dasturchilar ishda muvaffaqiyat qozonish harakatida va shaxsiy hayotidagi muvozanatni saqlash uchun yangiliklar va voqealarni kuzatishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Qanchalik zo’r ish qilinmasin, o’z ustuvorliklarni belgilash va biror narsani qurbon qilish zarur.

Yechim

Bizga ma’lum bir ma’lumotni uni tez va oddiy qabul qilish uchun siqilgan shaklda taqdim etishga qodir bo’lgan ko’p yaxshi mualliflar (avtorlar) kerak.

Misol uchun, Kubernetning nima ekanligini bilishga harakat qilsangiz, kimdir dokumentatsiyani ochib o’qiy boshlaydi (chunki rasmiy manbadan aniqroq nima bo’lishi mumkin?). Asoslari haqida bir nechta sahifani o’qigandan keyin, ehtimol, u hech narsani tushuna olmaydi yoki chalkashib ketadi. Ko’pgina kishilar shu kabi muammoga duch kelmoqdalar, rasmiy manbalardan yoki murakkab, o’ziga xos maqolalardan yangi texnologiyalarni o’rganishdan boshladilar. Biroq, bundan oldin norasmiy o’rganish materialini topib, uni o’qib chiqsangiz, hujjatlarni tushunish imkoniyati sezilarli darajada oshadi. Ushbu maqolalar kontseptsiyani tafsilotsiz tasvirlab beradi va aniq tushuntirishlar, o’xshashliklar tufayli aniq fikr beradi. Turli yo’nalishlar va murakkab masalalar bo’yicha o’xshash materiallar mavjud bo’lsa, unda ko’pchilik odamlar yaqin atrofdagi jarayonlarga tezkor ravishda integratsiyalashuviga yordam beradigan eng yangi texnologiyalardan xabardor bo’lishlari mumkin. Hozircha, IT sohasining yosh vakillari sekinlashib, bitta dokumentatsiyani qayta o’qib, uni oxirigacha hazm qilishga harakat qilmoqda. Rivojlanishning umumiy sur’atini tezlashtirish uchun bizga kontent yaratuvchi IT mutaxassislari kerak.

Muallif sifatida sizga qanday foyda bor?

Birinchi qarashda, maqola yaratish faqat vaqtni yo’qotish kabi ko’rinadi. Bu unday emas. Aksincha, u professional va shaxsiy fazilatlarni rivojlantirishda sizga yordam berishi mumkin.

Bilim

“Agar siz oddiygina narsani tushuntira olmasangiz, unda siz suhbat mavzusini to’liq tushunmaysiz.”

Hisobingiz bo’yicha, maqolani yozish bir kundan kam vaqt ketgazish zarur, lekin jarayon butun bir oy muddatni oladi. Yozishni boshlaganingizda, siz oxirigacha ishonchsiz narsalarni topishingiz mumkin va keyin siz uni tushunarli tilda taqdim etish uchun mavzuga chuqurroq kirishingiz kerak bo’ladi. Agar siz eng yuqori sifatli materiallarga ega bo’lishni istasangiz, siz aytgan so’zlarning barchasi ishonchli ekanligiga ishonch hosil qilish juda muhim, chunki sizning ismingiz xavf ostida! Bu maqoladagi har bir tezis haqida jiddiy fikr yuritib, siz yozgan kontseptsiyani to’liq bilishingiz talab qilinadi. Natijada, maqola yozish mavzuni aniq tushuntirib berish va uni to’liq o’zlashtirish uchun yordam beradi. Ko’pchilik uchun bu yozishni davom ettirish uchun kuchli motivatsiya va mavzuni to’liq tushunish uchun yagona ishonchli usul.

Qoniqish

Biror narsaga hissa qo’shish va roziligini olish juda yaxshi narsadir. Odamlarga biroz yordam bergan bo’lsangiz ham, bu qoniqish hosil qiladi. Maqolalaringiz bo’yicha ijobiy sharhlarni o’qib, hatto energiyaning ko’tarilishi va portlashini his qilishingiz mumkin. Eslatma. Odamlar ba’zida salbiy izoh beradi, bu odatiy holat. Ko’pincha ular mavzuga oid materiallardan tashqarida bo’lishi mumkin - faqat bir kishi o’zini o’zi ifodalashni xohlaydi. Bizning maslahatimiz: hamma narsani o’zingizga olmang va faqat konstruktiv tanqidlarga javob qaytarib, doimo o’zingizni ustingizda ishlab bilimlaringizni yaxshilang.

Muloqotni yaxshilash

Oddiy va aniq muloqot asoslarning asosi hisoblanadi. Kundalik hayotda siz doimo fikrlarni boshqalarga yetkazishingiz va o’z fikringizni himoya qilishingiz kerak. IT ga o’z yondashuvlaringiz va tushunchalaringizni javonlarga joylashtiring, shu bilan birga ITni kamroq bilimga ega bo’lgan kishilarga tushuntiring. Biror narsa yozish yanada izchil va oqilona o’z fikrlaringizni yoritib berishingizni kuchaytirishga yordam beradi. Dunyoning yetakchi kompaniyalari, Amazon, o’z xodimlariga prezentatsiyalar o’rniga hikoyalar yozishni talab qilar ekan.

Imkoniyatlar

Agar siz yozgan materialni odamlar o’qisa, yangi tanishlar, qiziqarli muhokamalar yoki hatto ish taklifnomalari kabi ko’plab imkoniyatlar ochiladi.

Kontentingiz boshqalarga nimasi bilan foydali?

Muallifning foydali tomonlariga qaramay, sifatli maqolalar yozish aslida altruizm holatini yuzaga keltiradi. Bu bilim almashish jarayoni. Yaxshi, tushunarli materiallarni yaratib, odamlar biror ma’lumotni o’rganishiga yordam berasiz.

Natija

IT sohasi rivojlanishi uchun dasturchilarga sifatli maqolalar talab qilinadi. Bundan tashqari, sizda yaxshi texnik materiallar yaratish uchun ko’pgina imtiyozlar mavjud. Maqolalar yaratish o’z o’rnida muallifga, o’quvchiga va hatto butun industriya uchun foydalidir.

Harakatga yakuniy chaqiruv

Maqolalarni yozish insonlar uchun ko’p imkoniyatlarni ochgani kabi, siz uchun ham xuddi shunday, buning tagida har bir ketgizilgan daqiqalar yotadi. Agar siz to’g’ri yo’nalishda qadam tashlamoqchi bo’lsangiz, hoziroq o’z shaxsiy fikringiz, nimalarni bilishingiz haqida maqola yozishni boshlang. Siz uchun bir narsa oddiy va tushunarli bo’lsa ham, kimdir uchun u butunlay yangi mavzu, xuddi siz IT ning barcha jihatlarni o’rganishdan avvalgi holatiz kabi. Muammoni yangicha tasavvur qilib, boshqa kishilarga masalani oson tushunishiga yordam bering.